Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

Xotira abadiy, qadrlash muqaddasdir

7-may 2025-yil
image

Xotira abadiy, qadrlash muqaddasdir

Bugun 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Jizzax shahridagi “Xotira bog‘i”da gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi rahbariyati va jamoasi ham faol ishtirok etdi.

Tadbirda viloyat hokimi, huquqni muhofaza qiluvchi organlar, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, hamda keng jamoatchilik vakillari qatnashdilar.

Marosim davomida Vatan ozodligi, xalq tinchligi va ravnaqi yo‘lida jonini fido qilgan mard yurtdoshlarimiz xotirasi yodga olindi. Ularning jasorati, matonati va fidoyiligi oldida chuqur hurmat bajo keltirildi.

Bugun yurtimizda hukm surayotgan tinchlik va barqarorlik — aynan ana shunday qahramon ajdodlarimizning jasoratli hayot yo‘li va fidokorliklari samarasidir, degan fikr tadbir davomida alohida ta’kidlandi. 

Xotira va Qadrlash kuni barchamiz uchun muborak bo‘lsin!

jizzaxvxtb@mail.ru
@xtbjizzax
@jizzaxvxtbax
/xtbjizzax