Новости
#Navbatdagi_seminar_Forish_tumanida
7 май 2025 год
Navbatdagi seminar Forish tumanida
2025-yil 7-may kuni Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasining reja-grafikiga muvofiq Forish tumanidagi oilaviy nodavlat MTT tadbirkorlari va tarbiyachilari uchun seminar tashkil etildi.
Seminarda boshqarma mutaxassislari ishtirok etib, tumanidagi oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilari va tadbirkorlariga:
maktabgacha taʼlimni takomillashtirish,
zamonaviy pedagogik yondashuvlar,
sog‘lom ovqatlantirish,
MTTlar o‘rtasida hamkorlik,
metodik yordam bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Forish tuman IIB YHX xizmati katta inspektori mayor Muqimov Toga'y Muqimovich bolalar xavfsizligi va transport qoidalari bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib bordi.
Ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar va tajriba almashdilar.