Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sport tadbiri tashkil etildi

20-may 2025-yil
image

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida sport tadbiri tashkil etildi

“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Sport vazirligi hamda Kasaba uyushmalari Federatsiyasi hamkorligida “Sog‘lom tana – sifatli ta’lim” shiori ostida sport tadbiri tashkil etildi.

Mazkur sport tadbirining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati R.Siddiqov  hamda Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i S.Suyarova ishtirok etdi.

Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, jismoniy tarbiya va sportga bo‘lgan qiziqishni oshirish, shuningdek, besh muhim tashabbus doirasidagi ishlarni yanada jonlantirishdan iborat. 

jizzaxvxtb@mail.ru
@xtbjizzax
@jizzaxvxtbax
/xtbjizzax