Yangiliklar
Ta’lim tizimida “Dolzarb 90 kun” ish rejimi boshlandi
20-may 2025-yil
Ta’lim tizimida “Dolzarb 90 kun” ish rejimi boshlandi
Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida maktab ta’limi tizimidagi islohotlarni jadallashtirish, mas’ul rahbarlarning javobgarligini oshirish hamda amaliy natijadorlikni ta’minlash bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi.
Shu asosda ta’lim sohasi rahbarlarining faoliyati “Dolzarb 90 kun” ish rejimi yo‘lga qo‘yildi.
Shu munosabat bilan Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi Pedagogik mahorat markazida ta’lim tizimida dolzarb masalalarni qamrab oluvchi yig‘ilish tashkil etildi.
Tadbirga viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Z.Azimov raislik qildi. Shuningdek, viloyat hokimining o‘rinbosari A.Savurbayev hamda ta’lim tizimi rahbarlari ishtirok etdilar.
Ta’lim sohasi uchun muhim bo‘lgan loyihalar Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i S.Suyarova tomonidan taqdimot shaklida namoyish etildi.