Yangiliklar
Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi xodimlari "Siyosiy-ma'rifat soati"da ishtirok etdilar
16-may 2025-yil
Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi xodimlari "Siyosiy-ma'rifat soati"da ishtirok etdilar
Bugun, 2025-yil 16-may kuni Jizzax viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi xodimlari Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan ilm.argos.uz platformasi hamda YouTube’dagi rasmiy sahifa orqali tashkil etilgan navbatdagi "Siyosiy-ma'rifat soati"da faol ishtirok etdilar.
Mazkur tadbirda ishtirokchilar mamlakatimizda ro‘y berayotgan siyosiy-ijtimoiy yangiliklar, davlat boshqaruvi tizimidagi islohotlar, shuningdek, dolzarb ijtimoiy-ma'rifiy mavzularga oid ma’lumotlar bilan tanishdilar.
"Siyosiy-ma'rifat soatlari" davlat xizmatchilarining siyosiy savodxonligini oshirish, ularning professional hamda ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini yuksaltirishga xizmat qilmoqda.