Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

KORRUPSIYA —TARQQIYOT KUSHANDASI

16-may 2025-yil
image

KORRUPSIYA —TARQQIYOT KUSHANDASI

 Joriy yill 5-mart kuni bo‘lib o‘tgan Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy kengashining kengaytirilgan yig‘ilishida korrupsiya jamiyat taraqqiyotiga, amalga oshirilayotgan islohotlarga jiddiy tahdid solayotgani alohida ta’kidlandi.

  Ushbu yig‘ilishda ilgari surilgan fikr va takliflar asosida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi PF-71-sonli Farmoni — “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi hujjat e’lon qilindi.

  Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tizimli va amaliy ishlar olib borilmoqda. Jumladan, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari kuchaytirilib, soha xodimlarining huquqiy bilim va madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

jizzaxvxtb@mail.ru
@xtbjizzax
@jizzaxvxtbax
/xtbjizzax