Yangiliklar
15-may — Xalqaro iqlim kuni
15-may 2025-yil
"Xalqaro iqlim kuni"
15-may — Xalqaro iqlim kuni munosabati bilan butun dunyo bo‘ylab atrof-muhitni muhofaza qilish, iqlim o‘zgarishining oldini olish va barqaror rivojlanishni ta’minlash borasida mas’uliyatli yondashuvlar muhokama qilinadi.
Ushbu sana bizga tabiatni asrashning naqadar muhim ekani, shuningdek, o‘tmishda yo‘l qo‘yilgan xatolar va ularning og‘ir oqibatlarini eslatadi. Shu nuqtai nazardan, har bir o‘zbekistonlik uchun Orol fojiasi eng og‘riqli va o‘rnak bo‘luvchi misollardan biridir. Bu nafaqat ekologik muammo, balki millionlab insonlar hayot tarziga, sog‘lig‘iga va ijtimoiy-iqtisodiy holatiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan fojiali voqelikdir.
Iqlim – bu bizning kelajagimiz, uni asrash esa har bir insonning burchidir.