Yangiliklar
Aktionstag in Jizzakh“ (Nemis tili bilan bir kun)
13-may 2025-yil
Aktionstag in Jizzakh“ (Nemis tili bilan bir kun)
Bugun Jizzax shahridagi 3-ixtisoslashtirilgan maktabda Gyote-Institutining O‘zbekistondagi filiali yetakchi mutaxassislari tomonidan “Aktionstag in Jizzakh” nomli seminar-treningi o'tkazildi.
Tadbirni Viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Sh. Damanova tomonidan ochib berildi. U o‘z nutqida ishtirokchilarga ushbu seminar davomida egallangan bilim va ko‘nikmalarni amaliyotga joriy etish, ularni boshqa hamkasblar bilan o‘rtoqlashish zarurligini alohida ta’kidladi.
Mutaxassislar Germaniya ta’lim tizimi, kadrlar tayyorlash va ilg‘or tajribalar haqida ma’lumot berishdi. Trening davomida ishtirokchilar guruhlarda nazariy va amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdi.
Tadbir nemis tilini ommalashtirish, o‘qituvchilarning kasbiy mahoratini oshirish va zamonaviy o‘qitish metodikalarini targ‘ib qilishga qaratildi.