Sayt test rejimida ishlamoqda

Yangiliklar

.

#SEMINAR

12-may 2025-yil
image

SEMINAR  "Xalqaro va milliy tajribalar asosida o‘quv jarayonlarining sifatli va samarali tashkil etilishini yanada takomillashtirish"

Sh.Rashidov tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktabda "Xalqaro va milliy tajribalar asosida o‘quv jarayonlarining sifatli va samarali tashkil etilishini yanada takomillashtirish" mavzusida viloyatdagi 64 ta o‘quvchilar bilimini baholash tizimining yangi tartibi joriy etilgan maktablar o‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari uchun o‘quv treningi tashkil etildi.

Viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi birinchi o‘rinbosari Sh.Damanova yangi baholash tizimining ta’lim muassasalaridagi samaradorligi haqida so‘zlab, yangi tizimning joriy etilishi bilan ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarning bilim darajasini yaxshilash va ta'lim muassasalarining ishini yanada samarali qilish maqsadida amalga oshirilganini ta'kidlab o‘tdi. 

Shuningdek, tizimning afzalliklari, uni joriy etishdagi qiyinchiliklar va kelgusida amalga oshirilishi rejalashtirilgan chora-tadbirlar haqida batafsil ma’lumot berdi.

jizzaxvxtb@mail.ru
@xtbjizzax
@jizzaxvxtbax
/xtbjizzax