Yangiliklar
#SEMINAR
1-may 2025-yil
#SEMINAR
Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi boshlig'ining 2025-yil 21-aprelda tasdiqlangan reja-grafigiga asosan navbatdagi seminar Arnasoy tumanidagi "HUMO" nomli oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotida o‘tkazildi.
Seminarda boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari Temur Sultonov va soha mutaxassislari ishtirok etib, tumandagi oilaviy nodavlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari tarbiyachilari va tadbirkorlariga maktabgacha taʼlimni takomillashtirish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni joriy etish, tarbiyalanuvchilarni sog'lom ovqatlantirish, davlat va nodavlat maktabgacha ta'lim tashkilotlari o'rtasida hamkorlikni o'rnatish hamda metodik yordam ko‘rsatish bo‘yicha foydali tavsiyalarni berdilar.
Tadbir davomida ishtirokchilar tomonidan bildirilgan savollarga aniq va asosli javoblar berilib, seminar o‘zaro tajriba almashish, fikr va amaliy yechimlar muhokamasi uchun samarali maydon bo‘ldi.