Yangiliklar
Attestatsiya
29-aprel 2025-yil
Attestatsiya
Ustozlarimiz – faxrimiz!
Attestatsiya jarayonida yuqori natijalarga erishgan quyidagi ustozlarimizni samimiy muborakbod etamiz:
Do‘stlik tumani 4-maktabi matematika fani o‘qituvchisi Alishev Bobur Bahriddin o‘g‘li 90 ball bilan oliy toifani qo‘lga kiritdi.
G‘allaorol tumani ixtisoslashtirilgan maktabi matematika fani o‘qituvchisi Quvondiqov Suhrob Abduvahob o‘g‘li ham 90 ball bilan birinchi toifani oldi.
G‘allaorol tumani 86-maktabi o‘qituvchisi Rahmonov Faxriddin esa 86 ball to‘plab, oliy toifani muvaffaqiyatli himoya qildi va maktab sha’nini yuksaltirdi.
Ushbu yutuqlar – ustozlarimizning fidokorona mehnati, yuksak mas’uliyat hissi va tinimsiz izlanishlarining mahsulidir. Ularni chin qalbimizdan tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!