Yangiliklar
BRIFING
21-aprel 2025-yil
BRIFING
"Umumiy o‘rta ta’lim maktablariga kompyuter va umumiy texnik jihozlar bilan ta’minlanishi" mavzusida brifing bo‘lib o‘tdi
Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi tomonidan “Umumiy o‘rta ta’lim maktablariga kompyuter va umumiy texnik jihozlar bilan ta’minlanishi” mavzusida brifing tashkil etildi.
Mazkur tadbirda boshqarma AKT sho‘basi boshlig‘i Asadov Sardar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va kelgusidagi rejalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
Brifingda shuningdek, viloyat MMTB AKT mutaxassisi E. Murodov, Jizzax shahar MMTB vakili X. Tursunqulov ishtirok etib, o‘z fikr va mulohazalarini bildirdilar.
Tadbir davomida maktablarni zamonaviy kompyuter texnikalari, interaktiv doskalar hamda boshqa axborot-kommunikatsiya vositalari bilan ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
Brifing so‘ngida ishtirokchilar o‘zaro fikr almashib, mavjud muammolarni hal etish bo‘yicha takliflar berishdi.