Yangiliklar
“BILIMDON O’QUVCHILAR” TANLOVI
26-aprel 2025-yil
“BILIMDON O’QUVCHILAR” TANLOVI
Umumta’lim maktablaridagi iqtidorli o‘quvchilarni rag‘batlantirish maqsadida “Bilimdon o’quvchilar” tanlovi o’tkazilgan edi. Tanlov o’quvchilarning o‘qish savodxonligi, tabiiy fanlar, matematika va informatika fanlaridan bilimlarini aniqlash maqsadida ikkinchi bor tashkil etildi. Dastlab, tanlovining birinchi bosqichida yuqori natijalarga erishgan maktab o‘quvchilari Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlangan edi. Tanlovning ikkinchi bosqichi g’oliblari ham Jizzax viloyati hokimi Ulug’bek Mustafoyev tomonidan taqdirlandi.